Maskerano: “O‘rtadagi farq katta. Ehtimol, dunyoning eng kuchli jamoasi bilan o‘ynadik”

“Inter Mayami” bosh murabbiyi Xaver Maskerano KJCH 1/8 finalidan o‘rin olgan “PSJ” (0:4) bilan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi:
“Aniqki, bugun farq juda katta edi. Biz, ehtimol, dunyodagi eng yaxshi jamoa bilan to‘qnash keldik, uni ajoyib mutaxassis boshqaradi. Ammo so‘nggi daqiqagacha bor kuchimizni berishga harakat qildik.
O‘yinchilar bilan, ularning ushbu turnirdagi qilgan ishlari bilan faxrlanaman. O‘rtadagi farqqa qaramay, ular futbol o‘ynashga harakat qilishdi.
Har bir o‘yinda o‘z imkoniyatlarimizni ko‘rsatishga intildik. Darajalardagi farqdan qochib bo‘lmaydi, lekin men futbolchilardan faxrlanaman”, — deydi argentinalik mutaxassis DAZN efirida.
So'nggi yangiliklar

Neftchi haqiqiy da'vogar ekanligini isbotladi. Endi barqarorlik kerak!
2 hafta,4 kun oldin
•
558

Levchenkoga 1.5-2 oy vaqt beraman, lekin natija bo'lmasa - hech ikkilanmasdan almashtiraman
2 hafta,6 kun oldin
•
952

"Chelsi" Gittens transferi uchun qancha to'lashi ma'lum
3 hafta oldin
•
52

Sharhlar (0)
Sharh qoldirish uchun, iltimos, tizimga kiring yoki roʻyxatdan oʻting.
Hali sharhlar yo'q. Birinchi bo'lib o'z fikringizni bildiring!